17:25 / 23.05.2017
6238

Xitoyda yirik YTH ro‘y berdi, 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan

Xitoy shimolida joylashgan Xebey viloyatidagi avtomobil yo‘lida yuz bergan yirik YTH oqibatida o‘n ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy OAV xabar tarqatdi.

Hodisa Chjantszyakou va Shitszyachjuan shaharlarini bog‘lovchi tezyurar yo‘lda seshanba kuni ertalab yuz berdi. Benzin olib ketayotgan transport vositasi ko‘mir ortilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv portlash va yong‘inga sabab bo‘ldi.

Markaziy televideniye ma'lumotiga ko‘ra, 12 kishi halok bo‘ldi, 9 nafar inson jabrlandi.

Top