10:14 / 23.05.2017
5457

Panamaning sobiq prezidenti Interpol tomondan qidiruvga berildi

Foto: Mauricio Valenzuela / Xinhua / Globallookpress.com

Interpol Panamaning sobiq prezidenti Rikardo Martinellini xalqaro qidiruvga berdi. Martinelli bu lavozimni 2009-2014 yillarda egallagan. Bu haqda 22 may kuni La Prensa nashri ma'lum qildi. 

Martinelli korrupsiya va mamlakat fuqarolari ortidan kuzatuv olib borishda ayblanmoqda. U, shuningdek, Panama vizalarini noqonuniy sotishda gumon qilinmoqda. Taxminlarga ko‘ra, sobiq prezident va uning sheriklari bu faoliyatdan 100 mln dollargacha foyda olgan bo‘lishlari mumkin.

2015 yil dekabrda Panama oliy sudi Martinellini hibsga olishga ruxsat bergan. Agar sobiq prezident aybdor deb topilsa, u 21 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Panama tashqi ishlar vazirligi AQShga taxminlarcha Mayamida bo‘lgan Martinellini topshirish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Martinelli 2016 yil fevralda dunyoning eng korrupsiyalashgan odamlari reytingining 3-pog‘onasini egallagandi.

Top