Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya Manchesterdagi portlashga oid yangi ma'lumotlarni berdi
Foto: AP
Manchesterdagi arenada ro‘y bergan va 22 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan voqea terrorchilik akti hamda u o‘z tanasiga portlovchi qurilma bog‘lagan terrorchi tomonidan sodir etilgan. Bu haqda Reuters agentligi politsiya ma'lumotiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Manchester politsiyasi bosh konstebli Ien Hopkins terrorchi ham halok bo‘lganlar hisobida ekanini ma'lum qilgan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, terrorchi arenaga yolg‘iz kelgan, ammo u terroristik guruhiga a'zo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni kechqurun Manchesterda amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grandening konserti bo‘lib o‘tayotgan stadionda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi yaralandi.
Mavzuga oid
21:40
Isroil razvedkasi Avstraliyani teraktlar sodir bo‘lishi haqida ogohlantirgan – OAV
15:05 / 25.11.2025
NATO aviabazasi yaqinida teraktga urinish: Litvada 18 yoshli ukrain fuqarosi qamaldi
10:16 / 03.11.2025
Berlin: Terakt tayyorlaganlikda gumon qilingan suriyalik qo‘lga olindi
11:58 / 10.10.2025