17:43 / 23.05.2017
11580

Samarqanddagi nogironlar reabilitatsiya markazida 200 dan ortiq bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Samarqand viloyat nogironlar reabilitatsiya markazida O‘zbekiston Respublikasi Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi strategik harakat dasturida rejalashtirilgan sayyor o‘quv amaliyoti o‘tkazildi. 

Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining tajribali mutaxassislari viloyatdagi tibbiy muassasalar tomonidan ro‘yxatga olingan nogironlar va markazda davolanayotgan jami 200 nafardan ortiq bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli tavsiyalarini berishdi.

Tadbir  davomida hududiy markazlar faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari markazlari mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Seminarda markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi mas'ul xodimlari tomonidan tahlil qilinib, hududiy markazlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Sayyor o‘quv amaliyoti yakunida Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining tajribali mutaxassislari tomonidan master-klass tarzida operatsiyalar o‘tkazildi.

Top