14:15 / 23.05.2017
7467

Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.

«Davlatimiz rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, jarohatlanganlarga sog‘liq tiladi», deyilgan TIV xabarida.

Manchesterdagi portlash amerikalik pop-qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertidan so‘ng, 23 mayga o‘tar kechasi yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Manchester Arena stadionidagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi va 59 kishi jabrlandi.

Top