13:48 / 23.05.2017
5960

Tramp Baytlahmda Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Baytlahm shahriga keldi. U bu yerda Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazadi. Tramp Oq uy rahbari lavozimiga saylanganidan buyon uchinchi marotaba Abbos bilan uchrashmoqda. 

Tramp va Abbos o‘rtasidagi muzokaralar Falastin yetakchisining Baytlahmdagi qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. AQSh prezidentini kutib olish uchun faxriy qorovul saf tortib, ikki mamlakat madhiyalari ijro etilgan. Shundan so‘ng, davlat rahbarlari muzokaralar uchun qarorgohga kirib ketishgan. Muzokaralarni Falastin televideniyesi efirga uzatmoqda. 

Baytlahm Iso alayhissalom tug‘ilgan shahar hisoblanadi. Tramp bu yerga al Quds shahridan keldi. Amerika yetakchisi Isroilda mamlakat prezidenti Reuven Rivlin va bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. 

Mavzuga oid
Top