21:06 / 24.05.2017
7522

Xitoy Koreya yarim orolidagi alg‘ov-dalg‘ovlik uchun javobgarlik borligini eslatib qo‘ydi

Foto: Reuters

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining ma'lum qilishicha, hech kim Koreya yarim orolidagi vaziyatga alg‘ov-dalg‘ovlik olib kirish huquqiga ega emas, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buni qilishga uringan istalgan shaxs yoki davlat, barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u mintaqadagi vaziyat muzokaralar yordamida barqaror holatga qaytishiga umid bildirgan.

Vazir ushbu bayonotni germaniyalik hamkasbi Zigmar Gabriel bilan uchrashuvi yakuni bo‘yicha bergan. Vanning ta'kidlashicha, Xitoy KXDR bilan sanksiya rejimi bo‘yicha barcha majburiyatlarini to‘la hajmda bajarmoqda.

Top