Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy Usmonovga: “O‘zingizga ortiqcha baho bermang, siz eng muhim shaxs emassiz”
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘z videosida tadbirkor Alisher Usmonovning ikkinchi murojaatiga javob tayyorlashga va'da berdi.
Navalniyning ma'lum qilishicha, tadbirkor Alisher Usmonovda o‘zining aybsizligini isbotlovchi bironta ham hujjat yo‘q, rolikdagi stol va stakan esa isbot o‘rnini bosa olmaydi.
Shuningdek, u Usmonovdan “layklar yig‘ishni bas qilishni” so‘radi, sababi “bu unchalik yaxshi emas” ekan.
Navalniy Usmonov debatlarni rad etgani borasida ham afsusda ekanini bildirdi. “Garchi siz aniq sababni yozganingizni yuqori baholayman. “Bu debatlar rost va yolg‘on o‘rtasida bo‘lardi”, aynan shunday! Hamda kishilar sizning yolg‘onlaringizni osonlik bilan ajratib olishardi, shu sababdan siz qo‘rqdingiz”, - dedi Navalniy.
“Rossiya tepasida hozir ko‘plab korruptsionerlar bor. Men ularning barchasini tashlab, faqatgina siz bilan shug‘ullana olmayman. Garchi siz ancha yirik qallob bo‘lsangiz ham, biroq... O‘zingizga ortiqcha baho bermang, siz eng muhim shaxs emassiz. Hattoki bizning Medvedev saroylari va yaxtalari haqidagi surishtiruvimizda ham siz yer mulki shaklida pora bergansiz. Bizning asosiy maqsadimiz – pora olganlardir. Ammo biz siz kabi, pora berganlarni ham jazolaymiz”, - deya aniqlik kiritdi Navalniy.
Mavzuga oid
16:30 / 05.09.2025
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
22:17 / 03.09.2025
Yevropa Ittifoqi sudi Alisher Usmonovdan sanksiyalarni olib tashlamadi
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025