12:22 / 24.05.2017
7810

Suriya harbiylari AQSh tomonidan bombardimon qilingan bazaga qaytdi

Suriyalik harbiylar Homs viloyati hududidagi Shayrat aerodromiga qiruvchi samolyotlar va shaxsiy tarkibni qaytargan. Bu haqda amerikalik uch harbiy amaldorga asoslangan holda NBC News telekanali xabar tarqatdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, suriyaliklar AQShning hujumi vaqtida zararlangan infratuzilmani ta'mirlagan. Oxirgi kunlarda hududga Su-22 va MiG-33 samolyotlari keltirilgan.

«Tez orada ular bu yerdan harbiy parvozlarni amalga oshira boshlaydi», — degan amaldorlardan biri.

Bundan oldinroq Protect Democracy tashkiloti AQSh prezidenti ma'muriyatini Suriyadagi bazaga hujum uchun sudga bergani ma'lum bo‘lgandi.

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasidan Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromi tomon 59 ta «Tomagavk» qanotli raketalari uchirilgandi.

Mavzuga oid
Top