Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnoma: 9-sinf bitiruvchilari qaysi yo‘nalishda o‘qishni ko‘proq xohlamoqda?
Joriy yilda 9-sinfni bitirayotgan 467 019 nafar o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
9-sinf bitiruvchilaridan 228 514 nafari qiz bola bo‘lsa, 238 505 nafar o‘g‘il bolalardir.

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, akademik litseylarga 44 900 nafar o‘quvchi hujjat topshirishi mumkin bo‘lsa, kasb-hunar kollejlarida ta'limni 424 299 nafar o‘quvchi davom ettirishi ehtimolga yaqin.
Akademik litseylarda o‘qishni istaganlar quyidagi yo‘nalishlarni tanlagan: san'at – 0,1 foiz, xorijiy filologiya – 1,9 foiz, ijtimoiy gumanitar fanlar – 1,7 foiz, tabiiy fanlar – 1,4 foiz, aniq fanlar – 4,0 foiz.
Kasb-hunar kollejlarida esa bu holat quyidagicha: xizmatlar – 13,6 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot – 31,8 foiz, qishloq va suv xo‘jaligi – 11,1 foiz, ishlab chiqarish va texnik – 17,8 foiz, ijtimoiy, iqtisod va huquq – 8,4 foiz, gumanitar – 8,1 foiz.
Qayd etilishicha, 9-sinf bitiruvchilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonlari elektron dastur orqali to‘liq nazorat qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:08 / 05.09.2025
Navoiy viloyatida maktab bitiruvchilarining yarmi talaba bo‘ldi
12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi
15:41 / 08.08.2024
“126 ming nafar oliy ta’lim bitiruvchisi hali ish topolgani yo‘q” – Behzod Musayev
14:51 / 19.06.2024