Toshkent Moliya institutiga yangi rektor tayinlandi. «Kun» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, lavozimga shu vaqtga qadar rektorning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Nizomiddin Hamroyevich Haydarov tayinlangan.

Nizomiddin Haydarov Hamroyevich

U bu lavozimda Bahodir Begalovning o‘rnini egalladi.

Bundan avvalroq 2016 yilning aprelidan buyon Toshkent moliya institutida rektor lavozimida ishlab kelgan Bahodir Begalov Davlat statistika qo‘mitasi raisi etib tayinlangani xabar qilingandi.