15:31 / 25.05.2017
4894

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikka doir IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Foto: "Kun"

Bugun, 25 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tugrul Turkesh raisligi ostida o‘tkazildi. Shuningdek ikki mamlakat vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari hamda mas'ul xodimlari ham ishtirok etishdi. 

Kun tartibiga muvofiq, yig‘ilish davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy, texnik hamkorlik, turizm, transport, kommunikatsiyalar sohasidagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. 

Turk delegatsiyasi rahbari Yildirim Turkesh aytganidek "Bizning xalqlarimiz ko‘p asrlik tarixi, tili, qadriyatlari, o‘xshash urf-odat va an'analari bilan umrbod bog‘langan". 

Uning ta'kidlashicha, 2016 yilning noyabrida Toshkentda va 2017 yilning may oyida Pekinda o‘tgan yuqori darajali muzokaralar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochgan. 

Turkesh O‘zbekistonning sohalar diversifikatsiyasi va sanoat modernizatsiyasiga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlariga yuqori baho berdi, yaratilayotgan qulay sarmoyaviy muhit va biznesni yuritishdagi keng imkoniyatlarni alohida qayd etdi. 

Komissiya yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama ko‘p rejali hamkorlikning keyingi rivoji bo‘yicha aniq va muhim kelishuvlarga erishildi. 

Top