08:16 / 26.05.2017
49519

17 yil ona bo‘lishni orzu qilgan ayol birvarakayiga 6 farzandni dunyoga keltirdi

Foto: Washingtonpost

17 yildan beri farzand ko‘rishni orzu qilgan amerikalik oilada birvarakayiga 6 farzand dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Washington Post nashri. 

Virginiya shtatidagi Richmond shahrida yashovchi nigeriyalik muhojirlar Ajibola va Adeboyya Tayvo 11 may kuni birvarakayiga 3 o‘g‘il va 3 qizli bo‘lishdi. Kesercha kesish bilan o‘tgan tug‘uruqni 40 shifokordan iborat brigada qabul qildi.

Shifokorlarning aytishicha, homiladorlikning 30-haftasida dunyoga kelgan egizaklar "o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va rivojlanishda davom etmoqdalar", biroq hozircha intensiv davolanish palatasida shifokorlar kuzatuvida qolmoqdalar. Ular qachon chiqarilishlari muddati noaniq. 

Egizaklarning onasi o‘tgan haftada shifoxonadan chiqarilib yuborilgan. Tibbiy muassasa vakilining aytishicha, ona farzandlarini parvarishlashni ta'minlash bilan mashg‘ul.

Foto: Washingtonpost

Chaqaloqlardan eng kichigining vazni tug‘ilganda 500 gramm, eng kattasiniki esa 1 kg dan sal ko‘proq bo‘lgan.

"Umid qilamanki, farzandlarimdan eng kichigi katta bo‘lganda "onajon, qarang men qanday mittigina edim va hozir qanday katta bo‘lib ulg‘aydim" deya oladi", deb aytdi baxtli ona. Uning na o‘zi, na turmush o‘rtog‘i va na shifokorlar matbuot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmayaptilar.  

Birvarakayiga 6 farzandning dunyoga kelishi kamdan-kam uchraydigan holatdir. Bu qahramonlarimiz tug‘ilgan shifoxonada bu birinchi holat bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, 2015 yilda AQShda 4 mln chaqaloq tug‘ilgan bo‘lsa, tug‘uruqlardan 24 tasida 4 va undan ko‘proq bola dunyoga kelgan.  

 

Mavzuga oid
Top