10:16 / 26.05.2017
8738

Konfederatsiyalar kubogi boshqa turnirga almashtirilishi mumkin

FIFA Konfederatsiyalar kubogi musobaqasini isloh etishni rejalashtirmoqda.

As nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqa o‘rnida klublar ishtirokida qit'alararo turnir tashkil etilishi mumkin.

FIFA rahbari Janni Infantino Konfederatsiyalar kubogi va dekabrda o‘tadigan klublar o‘rtasida jahon chempionati maqsadga qanchalik muvofiqligini ko‘rib chiqish kerakligi haqida gapirgan edi.

Yangi turnir Qit'alararo kubok deb atalishi, unda 16 yoki 24 klub qatnashishi mumkin: Chempionlar ligasining oxirgi ikki yildagi g‘oliblari va finalchilari, Libertadores kubogi va Yevropa Ligasi g‘oliblari, shuningdek, Osiyo, Afrika hamda Shimoliy va Markaziy Amerikadagi klublararo musobaqalar g‘oliblari. Turnir ikki yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yangi turnir tufayli Amerika Kubogi Yevropa chempionati bilan bir vaqtda o‘tkazilishiga erishish zarur bo‘ladi.

Shu tariqa, Rossiyada o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi-2017 tarixda eng so‘nggisi bo‘lib qolishi mumkin. Konfederatsiyalar kubogi-2017 turnir 17 iyundan 2 iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlarida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top