Masjidlardagi xatmonalar onlayn efirga uzatib boriladi

Ramazon oyi davomida muslim.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali poytaxtning qator masjidlaridagi taroveh namozlari tarovati va qorilarning Qur'on tilovatlarini onlayn yoritib borish amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ramazon oyi davomida, har kecha, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan, xushnafas qorilari tilovatidan, muslim.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi va telegram messenjeridagi @muslimuzportal kanali orqali bahramand bo‘lib borish mumkin.
Bugun Taroveh namozini Toshkent shahrining markaziy masjidi bo‘lgan “Hazrati Imom” jome masjididan, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn translyatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligidagi Shayx Zayniddin jome masjididagi xatmi Qur'on jarayoni muxlis.uz saytining feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali jonli ravishda efirga uzatib boriladi. Shunindek, bundan buyon jome masjididagi Juma namozlari va ma'ruzlar ham jonli ravishda kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Shuning bilan birgalikda, dastlabki bosqichda bugun Toshkent shahridagi “Mirza Yusuf”, “Minor”, “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “To‘xtaboy”, “Mo‘yi muborak” hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Zangi ota”, Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy”, Farg‘ona viloyatidagi “Madrasai Mir”, Buxoro viloyatidagi “Bahovuddin Naqshband” jome masjidlaridan Taroveh namozlari va xatmi Qur'on onlayn translyatsiya qilinadi. Ushbu jome masjidlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari manzili va boshlanish vaqti haqida keyinroq ma'lumot beramiz.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qo‘llanadi
O‘zbekiston | 10:46
-
«Gazprom» G‘arb sanksiyalaridan eng katta zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi - Reuters
Jahon | 10:33
-
Farg‘ona, Namangan va Andijonda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 10:22
-
Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston | 10:09
Mavzuga oid

13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025