15:53 / 26.05.2017
8702

Misrda xristianlar avtobusiga hujum qilindi, o‘nlab qurbonlar bor

Foto: Reuters

Misrda jangarilar xristianlar avtobusiga o‘t ochdi, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafardan oshiq, shuningdek, 25 kishi jarohatlangan.

Al-Yawm al-Sabi saytida tibbiyot xodimlariga asoslanib yozilishicha esa hujum qurbonlari soni 24 nafar, yana 26 kishi jarohatlangan.

Koptlarga hujum Qohiradan 250 km masofadagi Al-Minya shahrida ro‘y bergan, bu vaqtda avtobus Muqaddas Samuil monastiriga tomon harakatlanayotgandi.

Youm7 portali ma'lumotiga ko‘ra esa avtobus Beni-Sueyf viloyatidan Al-Minyaga qaytayotgandi.

Reyter agentligi Al-Minya gubernatoriga asoslanib xabar berishicha, qurbonlar soni 23 nafar, 25 kishi jarohatlangan.

Hozircha hujum qiluvchi tomon haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Top