18:35 / 26.05.2017
16696

«Real» va «MYu» futbolchilarini almashmoqchi

Foto: Reuters

«Real» mavsumlar oralig‘ida «Manchester Yunayted»dan darvozabon David de Xeani xarid qilmoqchi. Bu transferga madridliklar hujumchisi Alvaro Morata ham qo‘shilishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar o‘z darvozabonini 75 million yevroga baholagan. Madridliklar esa bu narxga rozi emas, manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Real»ga de Xeani berish evaziga hujumchi Alvaro Moratani olishni istamoqda. Bu holatda darvozabon uchun «Real»Morataga qo‘shib 25 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Aprel oyi oxirida David de Xea rahbariyatdan o‘zining Madrid jamoasiga o‘tishi bo‘yicha transfer boshlashni so‘ragandi.

Ispaniyalik bu darvozabonni sotsa, «MYu» «Lester»dan Kasper Shmeyxelni sotib olishi mumkin.

Bundan avvalroq, Morata yozda Italiyaning «Milan» jamoasiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi. U Madridda o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lmoqda. Ispaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan hujumchiga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalaridan ham qiziqish mavjud. O‘z navbatida «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Moratani klubda qolishga undab, unga keyingi mavsumda ko‘proq vaqt berishiga ishontirmoqda.

Top