18:04 / 26.05.2017
35817

O‘zbekistonda bu yili OTMlar kesimida har bir mutaxassislik qancha kvota ajratildi?

Foto: O‘zA

Avval xabar qilinganidek, 2017 yil 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

Ushbu qarorga binoan hamda mamlakatda yangi qurilayotgan korxonalarning hududiy joylashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalashning investitsiyaviy loyihalari, yo‘l-transport hamda kommunikatsiya infratuzilmasi tahliliga muvofiq, 2017/2018 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 18194 ta va to‘lov-kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 1556 ta va to‘lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu hujjatda maxsus sirtqi bo‘lim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni ta'minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 100 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 15 ta va to‘lov-kontrakt asosida 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida to‘lov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida to‘lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ushbu qaror bilan 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj katta bo‘lgan hududlar uchun O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta'lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.

Lex.uz saytida O‘zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasalarida yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan qabul kvotalari haqida ma'lumot berildi. Ushbu havola orqali bu yilgi qabul kvotalarini OTMlar bo‘yicha kesimini hamda har bir mutaxassislik uchun ajratilgan kvotalar haqida bilib olish mumkin. 

Top