11:33 / 27.05.2017
8786

Bundesliga 2016/2017 yilgi mavsumdagi darvozabonlarning 10 ta eng yaxshi seyvi videosini taqdim etdi

Bundesliganing YouTube’dagi rasmiy kanalida 2016/2017 yilgi mavsumdagi darvozabonlarning 10 ta eng yaxshi seyvlari tasvirlangan video e'lon qilindi.

Mavsumning eng yaxshi uchta seyvi ichiga «Hamburg» golkiperi Kristian Matenianing 29-turda «Verder» bilan o‘yindagi (1:2), «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyyerning Bundesliga 23-turida «Kyoln» bilan bellashuvdagi (3:0) xatti-harakati kirdi. Mavsumning eng yaxshi seyvini esa «Kyoln» darvozaboni Timo Xorn 6-turda «Bavariya» bilan bahsda (1:1) amalga oshirdi. U Myunxen klubi hujumchisi Tomas Myullerning yaqin masofadan bergan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Top