Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 yetakchilari terrorchilikka qarshi kurashish haqidagi deklaratsiyani imzolashdi
Foto: EPA
"Katta yettilik" yetakchilari terrorchilikka qarshi kurashni yanada yuqoriroq darajaga olib chiqishmoqchi. Bu haqda dunyoning sanoat jihatdan eng rivojlangan 7 ta davlati – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya yetakchilari sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan ishchi sessiyasi yakunlariga ko‘ra imzolangan Terrorchilik va qurolli ekstremizmga qarshi kurashish deklaratsiyasida aytilgan.
"Biz teraktlarni bartaraf etib, tergov qilib, ularning ijrochilarini va qo‘llab-quvvatlayotganlarni ta'qib qilishdan charchamay, terrorchilikka qarshi kurashni yanada yuqoriroq bosqichga olib chiqmoqdamiz", deb aytilgan deklaratsiyada.
Bundan tashqari, G7 yetakchilari xorijiy yollanma jangarilar bilan kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqishga kelishib olishdi. "Biz xorijiy yollanma jangarilar harbiy harakatlar maydonini tark etgach, ular bildirayotgan xatarlarni yo‘q qilish bo‘yicha jamoaviy yondashuvga intilmoqdamiz", deyilgan deklarats
Yevropa politsiya agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqqa IShID tomonda jang qilgani ketgan yevropaliklar umumiy soni 5 mingga yaqinni tashkil qiladi. Ulardan ko‘pchiligi halok bo‘lgan, bir qismi vatanlariga qaytgan, biroq yarmi hali qaytmagan va aynan shu holat "katta yettilik"da ko‘plab yillarga xavfsizlikka jiddiy tahdid deb atalmoqda.
Shu bilan birga deklaratsiyada "yettilik" davlatlari chegara xizmatlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish majburiyatini olish, ekstremistik axborotning internetdagi tarqalishini cheklashga urinishlar qayd qilingan.
Mavzuga oid
15:36 / 15.12.2025
Davriy bojxona to‘lovlari uchun grafik rasmiylashtirish qoidalari e’lon qilindi
14:10 / 24.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari yovvoyi tabiatni himoya qilish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini imzoladi
15:34 / 13.11.2025
«Ular bizga rahmat aytishi kerak» – Rubio Karib dengizidagi zarbalar borasida Yevropaning tanqidiga javob berdi
07:40 / 07.11.2025