19:34 / 28.05.2017
10532

AQShda otishma: qurbonlar kamida 8 kishi

Foto: AP Photo/Rogelio V. Solis

Yakshanbaga o‘tar kechasi Amerikaning Missisipi shtatida kamida sakkiz kishi otishma qurboniga aylandi. Associated Press agentligi shu haqida xabar berdi

Hujum Linkoln okrugida amalga oshirilgan. Kamida uch turar-joyga hujum qilingan. Halok bo‘lganlardan biri mahalliy sherif o‘rinbosari bo‘lgan. Gumondor qo‘lga olingan. 

Hozirda hujum motivlari va uning qurbonlar bilan tanish yo notanishligi o‘rganilmoqda. 

Top