21:18 / 28.05.2017
5490

Ispaniyalik alpinist bir hafta ichida ikki marta Everestga kislorod niqobisiz ko‘tarildi

Foto: News New Zealand

Ispaniyalik alpinist Kilian Jornet bir hafta ichida ikki marta Everest cho‘qqisiga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda sportchining jamoasiga iqtibos keltirgan holda News New Zealand nashri. Jornet dunyoning eng baland cho‘qqisini ikki marotaba zabt eta olganidan xursand ekanligini aytgan.

29 yoshli alpinist Everestga 22 may kuni ko‘tarilgandi. Ikkinchi urinishda u cho‘qqiga Tibet tomondan ko‘tarildi. Nomdor sportchi cho‘qqiga 27 may kuni 6500 metr balandlikdagi lagerdan ko‘tarilishni boshlagan. Kuchli shamol va tez harakatlanishning imkoni yo‘qligiga qaramasdan, Jornet o‘zini yaxshi his qilgan.

E'tiborlisi, alpinist cho‘qqiga ikki marta ham kislorod niqobisiz chiqa olgan.

Ta'kidlash joizki, bunday balandlikda havo juda siyrak bo‘lgani sababli undagi kislorod miqdori ham kam bo‘ladi. Everestga kislorod niqobisiz ko‘tarilish amri maholdir. Ko‘pchilik alpinistlar aynan kislorod yetishmasligidan ham halok bo‘ladilar.

Ma'lumot uchun, Kilian Jornet tog‘larga yugurib chiqish bo‘yicha mahoratli sportchi hisoblanadi. U bu sport turi bo‘yicha ko‘plab rekordlarni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid
Top