2017 yil 19 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining «2017–2019 yillarda Buxoro şahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2980-sonli qaror qabul qilindi.
Buxoro — Markaziy Osiyoning eng qadimiy şaharlaridan biri, Buyuk Ipak yölidagi eng yirik va maşhur markazlardan hisoblanadi. Şahar minglab yillar bilan ölçanadigan özining boy va unikal barpo etiliş tarixi, madaniy-ma'rifiy va ma'naviy-diniy qadriyatlarning rivojiga qöşgan hissasi bilan bilan butun jahonga donği ketgan.
1993 yilda Buxoro şahrining tarixiy markazi YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.
Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi turizm sanoati va infratuzilmasini rivojlantiriş bilan şuğullanayotgan sub'yektlar soni işonçli tarzda ortib borayotganiga qaramasdan, hududning sayyohlik salohiyatidan yetarli tarzda samarali foydalanilmayotganini qayd etiş zarur, deyiladi prezident qarorida.
Qarorga köra, Buxoro şahri va Buxoro viloyatida şahar tansport infratuzilmasi, sayyohlik faoliyati bilan şuğullanayotgan sub'yektlar va Yevropa, Afrika, Osiyo va MDH davlatlaridan sayyohlar oqimini samarali jalb etiş uçun zamonaviy mehmonxonalar sonini oşiriş borasida kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş talab etiladi.
Prezident qaroriga köra, «2017–2019 yillarda Buxoro şahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantiriş Dasturi» tasdiqlangan va uni amaliy tatbiğini quyidagi ustuvor yönalişlarda samarali tarzda amalga oşiriş ta'minlanadi:
- yangi mehmonxonalar, madaniy-soğlomlaştiriş va savdo-köngiloçar markazlar va turizmni rivojlantiriş uçun zarur şaroitlarga ega boşqa sayyohlik infratuzilmalari obektlarini quriş;
- umumiy ovqatlaniş tizimini takomillaştiriş, jumladan, zamonaviy restoranlar quriş, madaniy meros obektlarida özbek milliy musiqasi teatrlaştirilgan tomoşalarini ötkaziş, milliy uof-odatlarni namoyiş qiliş hisobidan sayyohlarning keçki dam olişi uçun şaroitlar yaratiş;
- transport xizmatini yaxşilaş, avia va temiryöl infratuzilmasini aviareyslar soni va «Afrosiyob» elektropoyezdi reyslari sonini oşiriş yöli bilan rivojlantiriş, Buxoro şahrining tarixiy qismi atrofida sayyohlarga xizmat qiladigan maxsus kompaniya tuziş, sayyohlik namoyişi obektiga olib boradigan avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş;
- Buxoro şahri hududini obodonlaştiriş Buxoro şahrining markaziy qismining detallaştirilgan yangi rejasi loyihasini tasdiqlaş, şahar markazida suvenir va sovğalar dökonlarining maxsus tarmoğidan iborat yangi «savdo» köçasini yaratiş, sayyohlik infratuzilmasi obektlariga bankomat va terminallar örnatiş, valyuta ayirboşlaş şoxobçalari taşkillaştiriş, sayyohlar ommaviy yiğiladigan joylarda xalqaro Internet axborot tarmoğiga ulaniş imkoniyatini beradigan Wi-Fi zonalar taşkil etiş;
















