00:38 / 28.05.2017
18145

Nemis avtokonserni "Moskvich" ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Foto: Car.ru

Volkswagen avtokonserni allaqachon ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan "Moskvich" rusumidagi avtomobillarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.    

Kompaniya "Moskvich" brendi uchun barcha huquqlarni yaqin 5 yil uchun sotib olgan.

Ma'lum qilinishicha, ishlab chiqarish Kaluga zavodida yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Ta'kidlanishicha, nemis kompaniyasi modelning sedan ko‘rinishidagi variantini ishlab chiqarmoqchi. 

"Moskvich"larni ishlab chiqargan kompaniya kasodga uchrab, 7 yil avval tugatilgan. Oxirgi "Moskvich-2141" avtomobili 2001 yilda konveyerdan chiqqan.

Mutaxassislar nemis kompaniyasining bu g‘oyasini kreativ deb hisoblamoqdalar va u ayni vaqtda Rossiyaga e'tibor kuchaygani ortida ish berishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top