03:59 / 28.05.2017
5195

«PSJ» qatorasiga uchinchi marta Fransiya kubogi sohibi bo‘ldi

«PSJ» Fransiya Kubogi uchun «Anjye»ga qarshi o‘ynadi. Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida kechgan uchrashuv parijliklar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va «PSJ» qatorasiga uchinchi marta Fransiya Kubogi sohibi bo‘ldi.

So‘nggi daqiqada «Anjye» futbolchisi Issa Sissoko o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va shu gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa, «PSJ» 11-marta Fransiya Kubogi sohibi bo‘ldi va bu borada «Marsel»ni ortda qoldirdi (10). Ushbu sovringa «Sent-Eten» va «Lill» jamoalari 6 martadan ega chiqqan.

Fransiya kubogi. Final
Anjye – PSJ 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 90, avtogol Sissoko. 
Anjye – Letele, Sissoko, Toma, Traore, Manko, Ndoyye, Mangani, Santamariya, Pepe (Te, 84), Dediu (Bamba, 63), Toko-Ekambi.
PSJ – Areolya, Maksvell, Markinos, Tiago Silva, Ore, Di Mariya, Verratti, Matyuidi, Motta, Draksler (Pastore, 72), Kavani.
Ogohlantirishlar: Di Mariya (42), Ore (45), Dediu (57), Traore (68).

Top