14:34 / 28.05.2017
17751

Ronalduning o‘g‘li otasini juda mamnun qildi (video)

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘g‘lining navbatdagi o‘yiniga tashrif buyurdi va u tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi shedevrdan bahramand bo‘ldi. Kichik Krishtianu jarima to‘pini qoyilmaqom bajarib, otasini mamnun qildi.

Ronaldu ushbu rolikni Instagramdagi o‘z sahifasida joylashtirdi. Videoni 11 soat ichida 3,4 mln marta tomosha qilishdi.

Ronalduning o‘g‘li 6 yoshga kiradi. U «Real» akademiyasida shug‘ullanadi.

Mavzuga oid
Top