Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Afg‘onistonga qo‘shimcha harbiy xizmatchilar yuborishga qaror qildi
Foto: ABC
Avstraliya hukumati Afg‘onistonga qo‘shimcha 30 nafar harbiy xizmatchini yuborishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Maris Peyn federal parlament senatidagi eshituvlar vaqtida ma'lum qilgan.
"Afg‘onistonning terrorizmga qarshi global kurashdagi o‘rnini hisobga olib, Avstraliyaning bu missiyani qo‘llab-quvvatlash borasidagi hissasining oshirilishi to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan qarordir", - deya ta'kidlab o‘tdi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy harbiylar Afg‘onistonga yaqin orada jo‘natiladi.
Avstraliya mudofaa kuchlari qo‘mondoni Mark Binskinning aniqlik kiritishicha, Afg‘onistonga jangovar bo‘linmalar emas, balki harbiy yo‘riqchilar jo‘natiladi, ular milliy qurolli kuchlar askarlarini o‘qitish va tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Avstraliya Afg‘onistonga o‘z harbiy kontingentini 2001 yilda yuborgan bo‘lib, 13 yil davomida uning soni o‘rtacha 1500 harbiy xizmatchini tashkil qilgan. Afg‘onistonda o‘tgan yillar davomida 42 avstraliyalik halok bo‘ldi, 260 dan ortig‘i yaralandi. 2013 yilning dekabrida Avstraliyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Toni Abbott Uruzg‘on viloyatidagi Tarin Kot harbiy bazasi yopilishi va avstraliyalik doimiy qismlar uyga qaytarilishi haqida e'lon qildi. Hukumat o‘shanda Afg‘onistonda yo‘riqchilar va maxsus topshiriqli xizmat bo‘linmalarini qoldirishga qaror qilgan.
Ayni damda Afg‘onistonda 270 nafarga yaqin avstraliyalik harbiy maslahatchi va maxsus topshiriqli guruh a'zolari bor.
Mavzuga oid
09:58
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
14:16 / 20.01.2026