Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri örinbosari  Karimov Majit Malikoviç Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqida "Kun.uz"​ manbasi xabar berdi.

Majit Karimov Islom Karimov nomini olgan Toşkent davlat texnika universiteti rektori, 2016 yildan - boş vazir örinbosari, keyin esa Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ta'kidlaş joizki, M.Karimov uşbu lavozimda Test markazini 2014 yildan beri boşqarib kelgan Jahongir Ismoilovning örnini egallagan. 

"Kun.uz" xodimi mazkur xabarni rasman tasdiqlatiş maqsadida DTM direktor örinbosari Haqberdiyev Q.Q. qabulxonasiga qönğiroq qildi. Göşakni kötargan inson özini taniştirişni ham istamay, "Yozma ravişda murojaat qiling, javob beramiz, rahmat" degança uni qöyib qöydi... 

Tezkorlik zamon talabi bölgan bir davrda davlat idoralari xodimlarining bunday javoblari kişini öylantirib qöyadi, göyoki sönggi vaqtlarda tadbirlarda bot-bot takrorlanayotgan "barça savollarga javob beriladi" degan gaplar havoda muallaq qolib ketgandek tasavvur uyğotadi şunday paytlarda. Holbuki, DTM saytida sobiq rahbarning ismi şarifi olib taşlangan, hammasi ayon bölib turgan vaqtda DTMning özida jimlik. Nahotki, birgina xabarni tasdiqlaş - "ha" yoki "yöq" deya javob beriş qiyin bölsa?!