11:59 / 29.05.2017
12383

Messi 4-marotaba "Oltin butsa" mukofoti bilan taqdirlandi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum yakunlari bo‘yicha Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan "Oltin butsa" mukofoti bilan taqdirlandi.

29 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 34 ta uchrashuvda 37 gol urdi va shu tariqa 74 ochko to‘pladi. 2-o‘rinni Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Bas Dost oldi, u Portugaliya chempionatida 34 ta gol muallifi bo‘ldi. Yevropaning eng yaxshi to‘purarlari kuchli uchligidan, shuningdek, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang 31 ta gol bilan o‘rin egalladi.

Top