Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma Senat tomonidan ratifikatsiya qilindi
Foto: Turkmenistan: zolotoy vek
Oliy Majlis Senati «O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma»ni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati ma'lumot bergan.
Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 6 martida Turkmanistonga davlat tashrifi davomida imzolangandi.
Senat yana bir qator shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. «O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a'zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilik ta'sis etuvchi Sherikchilik va Hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga ikki tomonlama to‘qimachilik Shartnomasining amal muddati tugaganini hisobga olib, Bitim qoidalarini to‘qimachilik mahsulotlarining ikki tomonlama savdosiga kengroq ko‘lamda qo‘llash maqsadida Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Bayonnomani (Toshkent, 2011 yil 7 aprel) ratifikatsiya qilish haqida»gi hamda «Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha Xalqaro Agentlik ustavini (Bonn, 2009 yil 26 yanvar) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari shular jumlasidan.
Senatorlarning fikricha, ushbu hujjatlarning ratifikatsiya qilinishi mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yangi strategik bosqichga olib chiqadi, keng qamrovli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga, mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirishga, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga, to‘qimachilik mahsulotlari savdosini xalqaro ko‘lamda yangi bosqichga olib chiqishga, shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalarni va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026