2017 yil eng sersuv yil bo‘ladi: O‘zbekiston va Qozog‘iston odatdagidan ko‘proq suv olishadi.

Faqat endi bu sersuvlikning oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshqinlarga umummilliy miqyosdagi tabiiy ofat sifatida yondashish zarur bo‘ladi.

Joriy 2017 yilning o‘tgan qishki va erta bahorgi mavsumi Tojikistonda kutilmaganda juda ko‘p qor yog‘gani bilan esda qoldi. Daryolarning suvga to‘lib toshganligi suv yo‘lidagi davlatlarga 7,0 kub km. qo‘shimcha suv taqdim etadi, degan tojik injyeneri Kamoliddin Sirojiddinov «Asia plus» media guruhiga.

— Joriy qor qatlamini gidrologik jihatdan o‘rganish ulkan milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega, chunki daryolarning suv resurslarni oqilona rejalashtirish va undan foydalanish, suv toshqinining eng cho‘qqisiga chiqish davrlarida falokatlarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi, — dedi u. — Xullas, qor qatlamining balandligi va zichligini kuzatadigan gidrometeorologiya agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, qor zaxiralari agar me'yordagisi 100 foiz, deb olinsa, 15 aprel holatiga 160–165 foizni tashkil etayotgani aniqlangan. Qor qatlami erish davrida barcha muzliklar va ko‘plab daryolarni ta'minlaydi va jarlik eroziyasini kuchaytiradi. Qish bo‘yi yig‘ilgan qor zaxirasi va erishning xarakteri joriy suv toshqinlarining ko‘lamini belgilab beradi.

Mayning issiq kunlari kelishi bilan qish bo‘yi dengiz sathidan 2500 metr balandlikkacha bo‘lgan daryo vodiylari, tog‘oldi qismlari va cho‘qqilarda yog‘gan qorlar ham eriy boshlaydi. Barcha erigan suvlar daryo o‘zanlari bo‘ylab Tojikistonning tashqi chegaralarigacha biror bir jiddiy oqibatlarsiz yetkazib berildi.

Lekin dengiz sathidan 2500 metr balandlikda hali ham qor turibdi. Bu esa 70 ming kvadrat kilometr qor bilan qoplangan maydon, yoki Sharqiy Pomir chiqarib tashlansa, mamlakat hududining teng yarmisi ekanligini bildiradi. Bu hududlarda qor qatlamining qalinligi 80 sm.dan 3 metrgacha yetadi.  

Qatlamning taqsimlanishi turli tomonlama tahlil qilinishi natijasida, mutaxassislar o‘rtacha balandlikni hisoblab chiqishgan:

— Ushbu hududda mustahkam qor qatlamining o‘rtacha balandligi ayni kunlarda — 1,54 sm.ni, hajmi yoz fasli boshlanishiga kelib 107,8 kub km.ni tashkil etmoqda, — deydi Sirojidinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, daryo irmoqlarining kattaligi qordagi suv zaxirasiga ham bog‘liq.