Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘dodda minalashtirilgan mashina portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Foto: Twitter.com/@RudawEnglish
Bag‘dod markazida minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda Iroq hukumatiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea kechki payt yuz bergan. Mashina muzqaymoq sotiladigan do‘kon oldiga qo‘yib ketilgan. Taxmin qilinishicha, kunning bu vaqtida odamlar bilan gavjum bo‘ladigan muzqaymoq do‘koni nishonga olingan.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid
12:42 / 08.02.2024
Bag‘dodda «Kataib Hizbulloh» guruhi yetakchisi o‘ldirildi
22:34 / 04.01.2024
AQSh Iroqda «Hizbulloh» qo‘mondoni mashinasiga zarba berdi
22:09 / 23.11.2023
Kollej direktorini kaltaklagan Bag‘dod hokimi o‘rinbosari hayfsan oldi
09:36 / 20.07.2023