Bangladesh hukumati "Mora" sikloni yaqinlashayotgani tufayli mamlakatning sharqiy qismidan odamlarni evakuatsiya qilmoqda. Evakuatsiya qilinuvchilar soni 1 mln kishiga yetishi mumkin.
Tabiiy ofat yaqin soatlarda mamlakatning sharqiy sohillariga yopirilishi kutilmoqda.
Mamlakatning janubi-sharqiy qismidagi sohilbo‘yi shaharlari yomon ob-havodan asosiy zarbani qabul qiladi. Bu yerda xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.

















