13:40 / 30.05.2017
66128

Braziliyada yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ilishi bilanoq yurib ketdi

Braziliyalik shifokorning endigina dunyoga kelgan chaqaloq bilan tasvirlangan videosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarqaldi. 

Yangi tug‘ilgan chaqaloq shifokorning yordami bilan o‘zining ilk qadamlarini tashladi. Ushbu voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqda haqiqiy sensatsiyaga aylandi.

Rolikni bir necha kun ichida 335 ming kishi tomosha qilgan, uning ostida yuz mingdan ziyod sharhlar qoldirilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bolada qayerdan bunday "superqobiliyat" paydo bo‘lganini keng muhokama qilishmoqda.

Top