15:00 / 30.05.2017
7397

«Milan» Ispaniya chempionatidan argentinalik futbolchi sotib oldi

«Milan» «Vilyarreal»ning argentinalik himoyachisi Mateo Musakkioning transferi haqida rasman ma'lum qildi.

Ushbu 26 yoshli futbolchi bilan  «Milan» 2021 yilgacha shartnoma imzolagan. Transfer qiymati ochiqlanmagan.

OAV xabariga ko‘ra esa transfer uchun milanliklar jamoasi 18 million yevro sarflagan va futbolchiga yiliga 2,5 million yevrolik maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 4 yillik shartnoma taklif etgan.

Musakkio 2010 yildan buyon«Vilyarreal» safida o‘ynab kelmoqda, u o‘tgan vaqt ichida bu jamoa uchun 189 uchrashuvda maydonga tushgan va 7 gol urgan.

 

Top