18:40 / 30.05.2017
16253

Putin: Rossiya Saudiya Arabistoni qirolini kutmoqda

Rossiya Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saudni kutmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni taxti vorisi o‘rinbosari, mamlakat mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon as-Saud bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tgan.

«Albatta biz Saudiya Arabistoni qiroli tashrifini kutmoqdamiz. Ishonchim komilki, Saudiya Arabistoni qirolining Rossiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat munosabatlari tarixidagi muhim qadam bo‘ladi va ikki davlat aloqalari rivoji uchun muhim signal, muhim stimulga aylanadi», — degan u.

Putin vazirdan qirolga eng yaxshi tilaklarini yetkazib qo‘yishini so‘ragan.

Bundan tashqari, Rossiya rahbari Saudiya Arabistoni tomoniga neft bozorini barqarorlashtirish yo‘lidagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan.

Top