14:05 / 30.05.2017
9110

Usmonov matbuot xizmati: Navalniy stand up comedy yo‘nalishida katta iste'dod sohibi

Foto: TASS

Tadbirkor Alisher Usmonovning vakillari muxolifatchi Aleksey Navalniyning yangi videomurojaatiga izoh berishdi. Unda Navalniy Usmonovga soliqlardan qochish va tog‘-kon kombinatlarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish bo‘yicha ayblovlar qo‘ydi, deb xabar bermoqda RNS.

"Unda stand up comedy yo‘nalishida katta komedik iste'dod borligini tan olmay iloj yo‘q. Afsuski, u so‘nggi paytlarda kamroq talabgir, uning surishtiruvlari esa o‘rtacha hajviya shou ssenariysini eslatib yuboradi. Navalniyga ayniqsa yuridik xizmatlari vakillari yangi da'vo arizalarini yuborish imkoniyati uchun minnatdor bo‘lishi kerak", - degan Usmonov vakillari.

Shuningdek, ularning ta'kidlashicha, filmda taqdim etilgan hujjatlarda ingliz tilidan tarjimada va rus tilida xatolar bor.

Bundan tashqari, Usmonov matbuot xizmati Navalniyga qarshi sudga yangi da'vo arizalari topshirilishi haqida ma'lum qildi. Bu holat uning videosidan so‘ng yuz berdi. 

“Muallif bu ijod namunasini ham, xuddi avvalgilaridan ba'zilari kabi tezlik bilan o‘chirib tashlamasligini so‘raymiz”, - deya aytib o‘tishgan Alisher Usmonovning matbuot xizmatida.

Bugun, 30 may kuni Moskva sudida Usmonovning Navalniy va Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga nisbatan da'vo arizasi ko‘rib chiqiladi. Bu “U sizga Dimon emas” filmi tufayli yuz berdi, unda tadbirkor korrupsiya sxemalari va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga pora berishda ayblandi.

Navalniy yangi rolikda Usmonovni ofshor tashkil etish va xususiylashtirgan metallurgiya kombinatlarini aynan qanday qo‘lga kiritgani haqida fikr yuritgan.

 

Top