19:04 / 31.05.2017
8895

Ar-Riyodda noma'lum shaxs maktabda o‘t ochdi

Saudiya Arabistoni poytaxtidagi Al-Ahliya xususiy maktabi hududida yuz bergan otishma tufayli ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ar-Riyod politsiyasi bayonotida aytilgan.

"Ar-Riyod maktablaridan birida ikki kishi halok bo‘ldi, jinoyatchining shaxsi hozircha aniqlanmadi. Yangi ma'lumot paydo bo‘lishi bilan rasmiy bayonot beriladi", - deya ta'kidlanadi politsiya xabarida.

Saudiyaning "Ajil" yangiliklar portalining xabar berishicha, xususiy maktabda yuz bergani otishmada bir kishi halok bo‘lgan, yana bir inson jarohat olgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, iroqlik sobiq o‘qituvchi maktab ma'muriyati bilan kelishmovchilik tufayli o‘t ochgan. Bangladeshdan bo‘lgan maktab xodimi ham jarohat olgani aytilmoqda. Portal ma'lumotiga ko‘ra, maktab direktori – falastinlik omon qolgan.

Xavfsizlik kuchlari hujum qilgan shaxsni qo‘lga olishga urinmoqda, u hozirga qadar maktab ichida qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Top