Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchixonalar hududidagi portlash: Kobul terakti qurbonlari soni 100 nafardan oshdi
Foto: AFP
31 may kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida prezident saroyi va qator elchixonalar hamda muhim idoralar joylashgan hudud yaqinida kuchli portlash ro‘y berdi.
Ayni vaqtga kelib, Pajvok agenti mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berishicha, portlash qurbonlari soni 100 nafardan oshgan, 380 kishi jarohatlangan. Vazirlik bundan oldinroq 19 qurbon haqida ma'lum qilgandi. OAVda esa qurbonlar soni 80 nafarni tashkil etayotgani xabar qilingandi.
Portlash kuchi shu qadar kuchli bo‘lganki, voqea joyidan yuzlab metr masofadagi binolarda shikastlanish qayd etilgan, derazalar to‘kilib tushgan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Germaniya elchixonasi yaqinida portlovchi qurilmalar bilan to‘ldirilgan avtomobil portlagan. Portlash tufayli Fransiya, Eron, Yaponiya va Hindiston elchixonalari, shuningdek, Sinhua agentligi byurosi binosi shikastlangan.
Update: Dozens killed and more than 100 wounded in #KabulBalst#AFG
— Pajhwok Afghan News (@pajhwok) May 31, 2017
Photos from Social Media pic.twitter.com/xa3kev3iJ9
Tolo News agentligi Afg‘oniston IIVga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, suv tashuvchi avtosisterna portlatilgandi.
Bi-bi-si xabariga ko‘ra, portlash tufayli Eron elchisi, Yaponiya elchixonasining ikki xodimi, Germaniya elchixonasining bir necha xizmatchisi, shuningdek, Bi-bi-si telekanalining jurnalistlari jarohatlangan. Tolo TV telekanali hamda Moby mediaguruhining xodimlari halok bo‘lganlar orasida.
Hozircha hech bir guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
14:25 / 24.12.2025
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
15:30 / 06.12.2025