07:52 / 31.05.2017
4619

Hindistonda diniy bayramdan keyin 9 kishi halok bo‘ldi

Foto:Flickr / meg and rahul

Hindistonning Megxalaya shtatida ibodatdan keyingi bayramdan so‘ng 9 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ko‘proq kishi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Indian Express nashri xabar bermoqda. 

"Nongkiya qishlog‘ida ovqatdan zaharlanishdan 8 kishi, jumladan 7 nafar balog‘atga yetmaganlar halok bo‘ldi", deb ma'lum qildi okrug politsiya komissari o‘rinbosari. Ma'lum qilinishicha, odamlar guruch va cho‘chqa go‘shti iste'mol qilishgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi mansabdor shaxsning ma'lum qilishicha, yana bir o‘smir 29 may kuni Umsning shahrida halok bo‘lgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin atrofdagi qishloqlardagi 200 ga yaqin odam shifoxonaga yotqazilgan. Odamlarning zaharlanishiga sabab bo‘lgan taom namunalari Guaxati shahridagi tibbiy laboratoriyaga yuborilgan.

Top