11:37 / 31.05.2017
29803

«MYu» Grizmann bilan kelishib olgan

«Manchester Yunayted» jamoasi «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bilan kelishuvga erishgan.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, inglizlar klubi 26 yoshli fransuzning vakillari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Endilikda «MYu» badal puli 100 million yevro etib belgilangan Grizmann bo‘yicha taklif yuborishi kerak.

Bundan avvalroq, mankunianliklar jamoasi futbolchiga yiliga 14 million yevro to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma taklif etgani haqida xabar berilgandi.

Yakunlangan mavsumda Grizmaan Ispaniya chempionatining 36 uchrashuvida 16 gol urib, 9 golga uzatma bergan.

Grizmann kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Top