07:45 / 31.05.2017
16564

Putin 2018 yilgi prezidentlik saylovlari haqidagi fikrlarini bildirdi

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezidentlik saylovlarini Rossiya konstitutsiyasiga qat'iy amal qilingan holda o‘tkazilishini ta'minlash uchun barcha ishni qilishini aytdi va o‘zining bu saylovlarda ishtirok etishi haqida gapirishga hali erta ekanligini ta'kidlab o‘tdi.  

"Bilasizki, oxirgi barcha saylov kampaniyalarimiz konstitutsiyaga qat'iy rioya qilingan holda, takrorlayman, qat'iy rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda. Men 2018 yilgi saylov kampaniyasining shunday tarzda, yana takrorlayman, qonun va konstitutsiyaga amal qilingan holda o‘tkazilishini ta'minlash uchun barcha ishni qilaman", deb aytgan Putin Figaro fransuz nashriga bergan intervyusida. 

Uning ta'kidlashicha, "bu huquqdan xabardor bo‘lgan, tegishli, qonunda ko‘zda tutilgan tartibotlardan o‘tgan barcha odamlar, shubhasiz, agar istasalar barcha darajadagi: qonunchilik idoralari, parlament va prezidentlik saylovlarida ishtirok etishlari mumkin".

Putinning aytishicha, uning saylovlarda ishtirok etishi haqida gapirishga hali erta. "Nomzodlarga kelsak, bu haqda gapirishga hali erta", deb aytgan Putin.

Rossiya prezidenti saylovlari 2018 yilda bo‘lib o‘tadi. Ushbu saylovlarda ishtirok etish istagini Vladimir Jirinovskiy, Aleksey Navalniy, Grigoriya Yavlinskiy bildirgan.

Top