09:50 / 31.05.2017
6863

Toshkentda agrosanoat bilan bog‘liq ikkita ko‘rgazma ochildi

Foto: O‘zekspomarkaz

30 may kuni Toshkentda O‘zbekiston agrosanoati uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar sotish bo‘yicha XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma Uzbekistan Agrotech Expo-2017 hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi Uzbekistan Agromash o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmalar "O‘zekspomarkaz" pavilonlarida bo‘lib o‘tmoqda va 2 iyungacha davom etadi.

Ko‘rgazmalar tashkilotchilarining ma'lumotlariga ko‘ra, Uzbekistan Agrotech Expo-2017 savdo ko‘rgazmasida 16 tadan ko‘proq davlat, jumladan Belgiya, Italiya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy, Rossiyadan 53 tadan ko‘proq texnologiya va uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etmoqda. 

Ko‘rgazmada meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash, un va kombikormlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologiya va uskunalar, qadoqlash uskunalari, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish, issihxona xo‘jaliklarini tashkillashtirish, yengil sanoat uchun uskunalar, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun mini texnika va mini-uskunalar, terini qayta ishlash, xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, veterinariya vositalari va boshqalar namoyish qilinadi.  

6-marotaba o‘tkazilayotgan Uzbekistan Agromash Expo-2017 ko‘rgazmasida jahonning eng yaxshi namunalariga javob beruvchi texnikaning zamonaviy va samarali turlari namoyish qilinadi. Bu ko‘rgazmada 8 ta davlatdan qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi 14 tadan ko‘proq yetakchi kompaniya vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning "Agregat zavodi" va  "Chirchiqqishloqmash" korxonalari, tijorat banklari va lizing kompaniyalari ishtirok etmoqda. 

Ko‘rgazmada Case New Holland (AQSh), John Deer, CLASS, Lemken kabi jahonning mashhur brendlarining 70 dan ko‘proq texnikasi taqdim qilingan.

Top