21:13 / 01.06.2017
7271

260 gramdan ortiq marixuana saqlagan giyohvand qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 2017 yilning 24 may kuni o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida muqaddam giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlikkka tortilgan Javdat Aytkulov qo‘lga olindi. U o‘zi davolanayotgan 1-sonli sil kasalliklari  shifoxonasida og‘irligi 265 grammdan ortiq “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. 

Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “b” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Top