10:04 / 01.06.2017
9942

Alisher Usmonov Arsen Vengerning «Arsenal»da qolishiga munosabat bildirdi

Rossiyalik tadbirkor, «Arsenal»ning 30 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Alisher Usmonov «kanonirlar» ustozi Arsen Vengerning yangi shartnoma tuzgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Arsen Venger «Arsenal»da ishlashda davom etishidan xursandman. U yana ikki yil davomida jamoada qoladi. Istaysizmi-yo‘qmi u Yevropaning eng yaxshi murabbiylaridan biri sanaladi. Bu yerda asosiy jihat uning klubning asosiy aksiyadorlari va boshqa rahbariyatining ishonchini qozongani bo‘lmoqda.

Unda muxlislar munosib bo‘lgan muvaffaqiyatlarga ega. Shu bilan birga u uzoq yillik faoliyati uchun munosib ravishda o‘z vorisini jamoada qoldirib ketishi mumkin. Ammo rahbariyat qo‘llab-quvvatlashishisiz bunga erishib bo‘lmasdi», — deya Usmonovdan iqtibos keltiradi Mirror.

Top