16:44 / 01.06.2017
259331

Beeline abonentlari uchun xushxabar

Beeline foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik. O‘zbekistonning eng yirik onlayn-nashrlaridan biri Kun.uz o‘z o‘quvchilariga qulaylik yaratishda davom etmoqda.

Kun.uz va Beeline o‘zaro hamkorlikni boshladi. Endilikda ushbu uyali aloqa operatori abonentlari saytimiz ilovalaridan bugundan boshlab 31 avgustga qadar - 3 oy davomida mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin. Bunda Kun.uz’ning Android va iOS’dagi mobil ilovalarini ishlatishda endi trafik tariflanmaydi. 

Bundan tashqari, saytning Android versiyasi ham yangilanib, yangi dizaynga ega bo‘ldi (quyidagi havoladan yuklab olish mumkin). iOS versiya esa yaqin kunlarda yangilanib, yanada qulay bo‘ladi va tezroq ishlash imkonini beradi.

Bu Beeline abonentlari uchun juda ajoyib imkoniyat bo‘lib, ushbu holatdan O‘zbekiston va jahon hayotidagi eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli xabarlar, ilm-fan, sport sohalaridagi eng dolzarb ma'lumotlarni birinchilardan bo‘lib bilib borishda unumli foydalanib qolish zarur.

Kun.uz ilovasi

Ushbu xizmat faqat Beeline abonentlari uchun amal qiladi. Bunda video tomosha qilish hisobga olinmagan.

Ayni kunlarda Kun.uz’ning mobil ilovasi yangi ko‘rinishda ishlamoqda. Ilovani quyidagi manzildan ko‘chirib olishingiz mumkin.

 

Mavzuga oid
Top