14:53 / 01.06.2017
12664

«Bogi Shamol» – optimal rejalashtirish yechimlari, yuqori funksionallik va zamonaviy sharqona uslubdagi estetik dizayn uyg‘unligi

«Bogi Shamol» SKM poytaxtimizning Yunusobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlari chegarasidagi Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan. Transport yo‘li shahar tipidagi posyolka Qibrayga eltadi.

Yaqin masofada ko‘p qavatli va xususiy uylar sektori bor. Majmua institutlar, poliklinikalar, dorixonalar, avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalariga juda yaqin joylashgan.

Shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti uchun mukammal transport joyi bor. Har kungi transport oqimi 30 000 – 33 000 avtomobillarni tashkil etadi.

SKMning 13 000 kvadrat metrlik to‘rt darajali umumiy maydoni turli mahsulotlar va xizmatlarni taklif etuvchi ijarachilarni joylashtirish imkonini beradi.

Savdo majmuasi savdo va ko‘ngilochar zonalarga bo‘lingan, ulardan bo‘lajak ijarachilarga quyidagilarni taqdim etamiz:

•  Minus birinchi qavat – chakana savdo;
•  Birinchi qavat – supermarket; 
•  Ikkinchi qavat – ko‘ngilochar va servis korxonalari, chakana savdo do‘konlari;
•  Uchinchi qavat – fudkort maydonchasi, kinoteatr va bolalar hududi.

«Bogi Shamol» - oilaviy shaklga ega savdo-ko‘ngilochar markazi. Biz vaqt va xaridni uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazish hamda butun oilaga mo‘ljallangan ko‘ngil ochishni tashkil etishning yangi imkoniyatlarini taklif etamiz. Har bir tashrif buyuruvchi o‘ziga noyob nimadir topishi mumkin.

Kompleks hududida ajoyib kafe va restoranlar ishlaydi, u yerda xaridlar orasida tanaffus qilib, do‘stlar davrasida qahva ichish yoki butun oila bilan tushlik qilish mumkin. Oilaviy muhitni yaratish – bizning ustuvor vazifalarimizdan biri.

SKM mehmonlari uchun muz yaxmalagi va batut markazi ishlaydi. 

Avtomobil egalari uchun ikkita keng avtoturargoh muntazir. SKM katta omborxonalarga ega.

Yangi «Bogi Shamol» SKMda ijara masalasida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin: +998 90 188 88 66

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top