GM Uzbekistan avtomobillarining yangi narxlari ma'lum

Foto: "Kun"
GM Uzbekistan AJda ishlab chiqariluvchi avtomobillarning yangi narxlari ma'lum bo‘ldi.
Avvalroq GM Uzbekistan AJ 1 iyundan o‘zi ishlab chiqaradigan avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirgani, narxlar 25-30 foizga oshishi taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq Kun.uz muxbirining avtosalonlardan biridan olgan hamda narxlar ko‘rsatilgan ma'lumotda ularning o‘sishi ancha katta ekanini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan 1 iyundan boshlab GM Uzbekistan barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yiladi. Shu sababli ham bir qator avtomobillarning aprel oyi oxiridagi va yangi jadvaldagi narxlarini so‘mda keltirib o‘tamiz.
Demak, yangi narxlarga qaraganda, aprel oxirlarida “Damas”ning DLX modifikatsiyasi 33 mln 463 ming so‘m turgan bo‘lsa, yangi narxi – 44 mln 330 ming so‘m.
“Matiz”ning ML30Kt0 modeli 34 mln 69 ming so‘m turgan bo‘lsa, MX s/k V54’da yangi narxi – 45 mln 102 ming so‘m.
Spark LT A/T 46 mln 232 ming so‘m turgan bo‘lsa, yangi narxi – 69 mln 218 ming so‘m.
Neksiya 3 – LTZ A/T 62 mln 800 ming so‘m turgan bo‘lsa, yangi narxi – 78 mln 834 ming.
Kobalt LTZ A/T – avvalgi narxi 79 mln 569 ming so‘m edi, yangi narxi – 88 mln 715 ming.
Lasetti CDX A/T – avvalgi narxi 81 mln so‘m edi, yangi narxi – 119 mln 274 ming so‘m bo‘ldi.
Orlando LTZ A/T – avvalgi narxi 96 mln so‘m, yangi narxi – 124 mln 436 ming so‘m.
Captiva 2,4 LTZ – avvalgi narxi taxminan 150 million so‘m atrofida, yangi narxi – 209 mln 987 ming so‘m.
Ta'kidlab o‘tish joizki, narxlar xaridni amalga oshirgan kundagi AQSh dollarining davlat kursi bo‘yicha hisoblanadi. Bundan tashqari, GM Uzbekistan avtomobillari endi faqat so‘mda sotiladi, lekin narxlar dollarga bog‘langan. Dollarning rasmiy kursi o‘zgarishiga qarab, avtomobillarning narxi ham har hafta o‘zgarib turadi.
Hozircha GM Uzbekistan saytida narxlar o‘zgargani haqida alohida xabar berilmagan, ammo har bir mashina haqidagi ma'lumotnomada yangilangan narxlar ko‘rsatilgan. Kompaniyaning feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ham narxlar yangilangani haqida xabar qoldirilmagan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

09:07 / 01.05.2025
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

08:53 / 20.01.2025
Chilonzorda harakatsiz turgan Nexia yonib ketdi

16:44 / 12.01.2025