13:05 / 01.06.2017
7774

«Portu» Kasilyasni boshqa jamoalarga taklif qilmoqda

«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. RMC xabariga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi bilan «Marsel» bir yillik shartnoma tuzishga tayyor.

«Provansallar» sport direktori Andoni Subisarreta unga «1+1» ko‘rinishida shartnoma taklif etmoqchi. Shu bilan birgalikda Stiv Mandanda «Kristal Pelas»dan «Marsel»ga qaytarilishi ham mumkin.

Bundan avvalroq «Portu» Kasilyas xizmatlarini «PSJ»ga taklif etgandi. Parijliklar jamoasida yaqin vaqtlar ichida «Portu»ning sobiq sport direktori Antero Enrike ish boshlashi kutilmoqda. Aynan u Kasilyasning «Real»dan «Portu»ga transfer qilinishida bosh-qosh bo‘lgandi.

Lissabonliklar jamoasining ispaniyalik darvozabon bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Top