17:21 / 01.06.2017
22947

Sarmoyachilarni eng ko‘p jalb qiluvchi Yevropa mamlakatlari reytingi 

EY kompaniyasi Yevropa mamlakatlarining investitsion jozibadorligi reytingini tuzdi. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi. 

Yevropa mamlakatlarining investitsion jozibadorligi reytingi mamlakat hududida xorijiy sarmoyachilar mablag‘i jalb qilingan loyihalar sonidan kelib chiqadi. 

Reytingga ko‘ra, xorijiy sarmoyachilarni eng ko‘p jalb qiluvchi Yevropa mamlakatlari orasida birinchi o‘rin Buyuk Britaniyaga nasib etdi. Ikkinchi pog‘onada - Germaniya, uchinchi o‘rinda esa Fransiya qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Ispaniya, Polsha va Niderlandiya egallagan. 

EY'ning yana bir reytingi xorijiy sarmoyachilar tomonidan yaratilgan ishchi o‘rinlar sonidan kelib chiqib tuzilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Buyuk Britaniya, Polsha va Germaniya mamlakatlari ilk uchlikdan o‘rin olgan. Keyingi o‘rinlarda Ruminiya, Fransiya va Serbiya mamlakatlari nomi keltirilgan. Rossiya ikki reytingda ham yettinchi pog‘onada qayd etilgan. 

Mavzuga oid
Top